SAXAL Beyrut janubi aholisini zudlik bilan evakuasiya qilishga chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 09:30
Isroil mudofaa kuchlari Beyrut janubidagi Burj al-Barajna va Hadas hududlari aholisini zudlik bilan evakuasiya qilishga chaqirdi.

Bu haqda SAXAL rasmiy vakili Avichai Edri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

"Burj al-Barajna va Hadasning janubiy hududlari aholisiga, ayniqsa xaritalarda va unga tutash tuzilmalarda belgilangan binolarda yashovchilarga shoshilinch ogohlantirish: siz Hizbulloh harbiy ob’ektlariga yaqin joylashgansiz, yaqin kelajakda SAXAL hujum qiladi. O‘z xavfsizligingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun zudlik bilan ushbu binolarni tark etishingiz va ulardan kamida 500 metr uzoqlikda turishingiz kerak”, — deb yozgan Edri.

U murojaatga Hizbulloh tomonidan harbiy nishon sifatida foydalanilgani aytilayotgan turar-joy binolari ko‘rsatilgan hududning sun’iy yo‘ldosh suratlarini ilova qilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati