Marca nashri Trentning Real Madridga o‘tishi mumkin bo‘lgan transferi tafsilotlarini e’lon qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 09:01
Madridning “Real” klubi qishki transfer oynasida “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni sotib olmoqchi, deya xabar beradi Marca.

Manbaga ko‘ra, Trent masalasida "Real" "Bavariya"dan Alfonso Devis bilan bo‘lgan strategiyaga amal qilmoqchi, ya’ni, futbolchi bilan hech qanday qoida buzmagan holda muzokaralarni boshlash uchun yanvargacha kutish va taklif bilan chiqish niyatida.

Manba, shuningdek, Aleksander-Arnoldning o‘zi "Liverpul" bilan yangi yilga qadar shartnoma uzaytirish borasida bir qarorga kelishni istamasligini aytdi. Bu masalada Arne Slot boshchiligidagi jamoaning yaqin kelajakdagi natijalari o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.

Joriy mavsumda 26 yoshli Trent “Liverpul” safida APLda 7 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati