Germaniya kansleri Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 18:54

"Erkinlik bo‘lmagan dunyo - zulm demakdir. Adolatsiz tinchlik bo‘lmaydi. Shuning uchun ham biz Ukrainani erkin va adolatli dunyo uchun kurashida qo‘llab-quvvatlaymiz", — deya ta’kidladi Olaf Shols o‘zining Pasxa tabrigi nutqida.

Kansler, shuningdek, Yevropada tinchlik o‘nlab yillar davomida davlat chegaralarini kuch bilan o‘zgartirib bo‘lmasligi haqidagi asosiy prinsipga rioya qilingan holda saqlanib kelinganini eslatdi.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu tamoyilni buzdi. Ammo, Ukrainani qat’iy va ehtiyotkorlik bilan qo‘llab-quvvatlash orqali uni qayta tiklash bizning qo‘limizda", — deya qayd etdi Shols.

"Kiyevni qo‘llab-quvvatlash o‘z xavfsizligimiz uchun ham muhim. Germaniya xavfsizligiga sarmoya kiritish, aholi o‘rtasida bo‘linishlarga yo‘l qo‘ymaslik, mamlakat birligini saqlash barchamiz muhim hisoblanadi", — deya qo‘shimcha qildi Shols.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati