Runi: Ten Xag – ajoyib murabbiy
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 08-10-2024, 08:05
"Ishonchim komilki, Erik ten Xag ajoyib murabbiy. U qayerda ishlamasin, shu jumladan, "Manchester Yunayted"da ham sovrinlar yutgan. U yomon davrni boshdan kechirmoqda va menimcha, uning o‘zi ham xuddi shu narsani aytadi. Lekin men u hamma narsani o‘zgartira olishini istayman, chunki ko‘pincha murabbiylar o‘z ishlarini yo‘qotadilar, keyin esa klub boshqa murabbiy qo‘l ostida qayta tiklanishiga to‘g‘ri keladi", - deya Runi so‘zlarini keltiradi Goal.
Ayni vaqtda "Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Erik ten Xag shogirdlari yetti uchrashuvdan keyin sakkiz ochkoga ega.