APL kengliklariaro yangi joker

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 07:39
Jon Duran APLda «superzaxirachi» sifatida tobora balandroq ovozda hayqirmoqda

«Aston Villa» hujumchisi 21 sentyabr kuni «Villa Park»da «Vulverxempton»ga qarshi kechgan o‘yinning 62-daqiqasida maydonga tushib, final hushtagi yangrashi arafasi (90+4-daqiqa)da chiroyli zarbasi bilan yakuniy natijani o‘rnatdi - 3:1. Shu bilan Duranning zaxiradan qo‘shilgan holda gol urgan o‘yinlari soni 4taga yetdi.

Alohida fakt shuki, APLda 2023 yilning fevralida debyut qilgan Jon Duran hozirga qadar chempionatda «Aston Villa» uchun 9ta gol urgan bo‘lsa, shundan 8tasini ««joker» rolida nishonladi. To‘g‘ri, u APL tarixidagi eng sermahsul «joker»lar qatoriga kirishi uchun hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishi kerak. Hozirda Angliya chempionati «superzaxirachilari» reytingini Jermeyn Defo boshqarib turibdi naq 24ta gol bilan. Olivye Jiru esa APLdagi gollaridan 21tasini zaxiradan tushgan holda to‘plagan va bu ikkinchi yuqori natijadir.

APL tarixida zaxiradan maydonga tushgan holda eng ko‘p gol urgan futbolchilar

1). 24ta gol

Jermeyn Defo
2). 21ta gol
Olivye Jiru
3). 19ta gol
Xavyer Ernandes

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati