Ispaniyada Nelson to‘foni tufayli to‘rt kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 18:48
Ispaniyaning katta qismini qamrab olgan “Nelson” to‘foni kamida to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bir nafar syorfer suvdan vertolyot yordamida qutqarib olingan, deya xabar beradi Euronews.

Bir kun avval Kataloniya janubidagi Tarragona shahrida ikki kishi — 16 yoshli o‘smir va uni qutqarmoqchi bo‘lib suvga sakragan germaniyalik 32 yoshli sayyoh cho‘kib ketgan edi.

Mamlakat shimolidagi Asturiya shahrida dengiz to‘lqinlarining balandligi 8 metrga yetdi, ikki kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.

Favqulodda vertolyot juma kuni Kantabriyada syorferni qutqardi.

Ko‘pgina hududlar kuchli shamol, qulagan daraxtlar va yuvilgan yo‘llar tufayli hafta oxirigacha to‘q sariq rangli ogohlantirish ostida qolmoqda.

Pasxa haftasining kulminasion nuqtasi hisoblangan oltita tungi jarayonlar 2011 yildan beri birinchi marta yomon ob-havo tufayli bekor qilindi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati