Tojikiston terma jamoasi Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan bosh tortdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 05:59
Tojikiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan bosh tortdi.

Tojikiston futbol federasiyasi buning sababini jamoaning noyabr oyidagi xalqaro tanaffus davrida o‘tkaziladigan o‘yinlari allaqachon rejalashtirilib qo‘yilganligi bilan tushuntirdi.

“Rossiya Futbol Ittifoqi iyun iyul oylaridayoq taklif bilan chiqqan edi, biroq noyabr oyiga uy uchrashuvlarini o‘tkazishni rejalashtirganmiz”, — deya ma’lum qildi Tojikiston futbol federasiyasi.

Ilgari xabar qilinganidek, Rossiya Futbol Ittifoqi Suriya va Turkmaniston terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi.

Shuningdek, Rossiyaning 11 oktyabrga mo‘ljallangan Pokiston bilan o‘yini ham noyabr oyiga ko‘chirilishi mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati