• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Rossiya selitrasi yuklangan MV Ruby kemasi mega-bomba deb atalmoqda va uning Yevropa portlariga kirishiga ruxsat berilmayapti

Rossiya selitrasi yuklangan MV Ruby kemasi mega-bomba deb atalmoqda va uning Yevropa portlariga kirishiga ruxsat berilmayapti

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 05:58
Bu haqda The New York Times xabar berdi

Joriy yilning avgust oyida Malta bayrog‘i ostida suzuvchi MV Ruby yuk kemasi (BAAning Ruby Enterprise kompaniyasiga tegishli) Murmansk viloyatining Kandalaksha shahridagi portni tark etdi. Uning bortida 20 ming tonna ammiakli selitra bor. Afrika tomon suzayotgan kema yo‘lda shikastlandi.

Sentyabr oyi boshida kema Norvegiyaning Tromsyo portida ko‘zdan kechirilgan va ta’mirlash uchun boshqa portga jo‘natilgan.

Litva rasmiylari yuk kemasini Klaypeda portiga kirishiga ruxsat bermadi. Mamlakat rasmiylari kemani "suzuvchi mega-bomba" deb atadi va Rossiya tomonidan qo‘poruvchilik ehtimolidan xavotir bildirdi.

Malta ham kemaning o‘z hududiga kirishiga ruxsat bermadi. Yevropa davlatlari 2020 yil avgust oyida Bayrut portida sodir bo‘lgan portlash takrorlanishidan xavotirda. O‘shanda Bayrut portida 2750 tonna ammiakli selitra portlashi oqibatida 280 kishi halok bo‘lgan va 6000 kishi jarohatlangan edi. Shuningdek, port va unga tutash hududdagi ko‘plab binolarga zarar yetgan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati