Dunyodagi eng boy ayol xonanda nomi o‘zgardi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 08-10-2024, 05:57
Amerikalik xonanda Teylor Svift Forbes’ning dunyodagi eng badavlat ayol qo‘shiqchilar reytingida birinchi o‘rinni egalladi, deb yozmoqda “Unian.net” nashri.

Sviftning boyligi 1,6 milliard dollarga baholanmoqda. Ushbu summadan taxminan 600 millioni konsertlar va gonorarlardan kelgan, xuddi shuncha miqdor musiqiy albomlardan tushgan daromadlarga to‘g‘ri keladi.

125 million dollar mablag‘ qo‘shiqchining ko‘chmas mulklarga kiritgan sarmoyasiga tegishli. Shuningdek, yulduzning kapitali dunyo bo‘ylab gastrol safarlari, striming platformalaridan tushgan rekord darajadagi daromadlari hamda sotilgan disklaridan kelgan foyda orqali ko‘tarilib bormoqda.

34 yoshli Teylor Svift 1,4 milliard dollar boylikka ega bo‘lgan yana bir mashhur xonanda — Riannani ortda qoldirdi. Forbes nashri qayd etishicha, Teylor Svift joriy yilning aprel oyida butunjahon milliarderlar safiga kiritildi. U o‘tgan yilda beshta qit’a bo‘ylab The Eras Tour gastrol safarlarida bo‘ldi va milliarderlar reytingiga faqatgina qo‘shiqlari va konsert dasturlari asosida kirgan birinchi xonandaga aylandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati