“Beshiktosh” muxlislari Lionga tashrif buyurmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 22:59
Istanbulning “Beshiktosh” klubi muxlislari Yevropa ligasi doirasidagi “Lion”ga qarshi o‘yinga kiritilmaydi.

Bu haqda “Beshiktosh” matbuot xizmati yozmoqda. "Lion rahbari "Beshiktosh" muxlislarini stadionga yoki shaharga kiritmaslikka qaror qildi.

"Klubimiz ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishga harakat qildi. Shu munosabat bilan muxlislarimizga ushbu o‘yinga sayohatni rejalashtirmasliklari kerakligini ma’lum qilmoqchimiz", deya yozadi klub rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Yevropa kubogi doirasidagi “Lion” – “Beshiktosh” o‘yinida turkiyalik muxlislar o‘z sektoridan pirotexnika vositalarini uchirishni boshlagan edi.

Shu sabab o‘yin boshlanishi kechiktirildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati