Eron neft tankerlarini xalqaro suvlarga chiqardi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 22:41
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar portdagi barcha Eron neft tankerlari g‘oyib bo‘lganini ko‘rsatadi. Ular Isroilning yirik neft terminaliga hujum qilish xavfi tufayli xalqaro suvlarga jo‘nab ketishdi, deb yozadi BILD.

Nashrning yozishicha, bir necha kun avval “neft oroli” deb nomlanuvchi Hark oroli yaqinida bir nechta tankerlar turgan. Eron neft eksportining qariyb 90 foizi ushbu strategik muhim port orqali o‘tadi. Biroq 4 oktyabr, juma kuni port kutilmaganda bo‘sh qoldi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar buni tasdiqlaydi.

Versiyalardan biriga ko‘ra, Eron rasmiylarining bunday vahima reaksiyasida AQSh prezidenti Jo Bayden muhim rol o‘ynashi mumkin. 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida u Isroilning Eron yadroviy dasturiga zarba berishini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.

“Agar men Isroilning o‘rnida bo‘lganimda, neft ob’ektlariga hujum qilishdan boshqa variantlarni ko‘rib chiqqan bo‘lardim”, – dedi u Oquydagi matbuot anjumanida.

Baydenning izohlari neft bozorida tebranishlarga sabab bo‘ldi. Va Eron ehtiyot choralarini ko‘rishga qaror qildi hamda tankerlarini qaytarib oldi.

TankerTrackersning xabar berishicha, xom neft yetkazib berish davom etmoqda. Biroq portdan “barcha qo‘shimcha yuk tashish imkoniyati” olib tashlandi. Bu Eron uchun qanday iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi aniq emas.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati