Emirates samolyoti bortida peyjerlar va rasiyalarni tashish taqiqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 22:31
Bu haqda aviakompaniya xabarida aytiladi. Belgilangan bagajda va qo‘l yukida tashish ham taqiqlanadi. Bu Dubay orqali, Dubayga yoki Dubaydan ketayotgan barcha yo‘lovchilarga taalluqlidir.

«Yo‘lovchilarga qo‘l yukida ham, ro‘yxatdan o‘tgan bagajda ham peyjer va rasiya olib yurishi taqiqlanadi. Agar bunday qurilmalar aniqlansa, ular Dubay huquq-tartibot idoralari tomonidan musodara qilinadi”, - deyiladi Emirates rasmiy bayonotida.

Qaror 17 va 18 sentyabrda aloqa vositalari, jumladan peyjerlar va rasiyalar portlashlari yuz bergan Livandagi voqealar fonida qabul qilindi. Natijada 37 kishi halok bo‘ldi, 3 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Livandagi Hizbulloh guruhi va mamlakat hukumati voqeada Isroilni aybladi, biroq Isroil rasmiylari voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati