Bavariya futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 21:35
"Bavariya" Jamol Musiala bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.

Sky Sports jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, klub va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ketmoqda.

21 yoshli yarim himoyachi yangi shartnoma imzolashga tayyor, bu haqda klub rahbarlariga ma’lum qilingan.

Musialaning maoshi yiliga 8-9 million yevrodan bonuslar bilan birga 25 million yevrogacha oshishi mumkin. Yangi shartnoma 2029 yoki 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Musialning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Ayni damda yarim himoyachi «Manchester Siti» va «Real» bilan muzokaralar olib bormayapti.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati