Neymar «Al-Hilol»dan o‘zini «Barselona»ga ijaraga berishni so‘radi – Sport.es

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 18:34
«Al-Hilol» hujumchisi Neymar Osiyodan yana Yevropaga qaytishni istamoqda.

Ispaniyaning Sport.es nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi «Barselona»ga qaytishni istamoqda. Jarohatdan tiklanish jarayonini o‘tkazayotgan Neymar «Al-Hilol» rahbariyatidan yozda o‘zini «Barselona»ga ijaraga berishni so‘ragan. Ammo Ar-Riyod va Kataloniya klubi bu masalada muzokara o‘tkazgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, «Al-Hilol» ketma-ket 29 o‘yinda g‘alabaga erishib, Saudiya Arabistoni chempionatida 68 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Eng yaqin ta’qibchi «An-Nasr»ni 12 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Neymar joriy mavsum klubi safida 5 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 3ta assistga erishgan. 32 yoshli futbolchi jarohat sababli uzoq muddatga safdan chiqqan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati