Tennis. WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning g‘olibasi aniqlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 21:00
Musobaqa bosh sovrini amerikalik Kori Goffga nasib etdi. Dunyoning oltinchi raketkasi bo‘lib kelgan iqtidor egasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 49-pog‘onada borgan chexiyalik Karolina Muxovani ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/3.



Tennischilarning o‘zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Yetmish yetti daqiqa davom etgan bahsda Goff 6, Muxova 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo‘shxatolar Korida ko‘proq bo‘ldi - 5 ga 3. Breyklar bo‘yicha ustunlik ham amerikalik tennischi tomonida - 5 ga 1.  

Goff mavsumdagi ikkinchi, faolitiyadagi sakkizinchi WTA sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu uning ikkinchi WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirdagi sovrini bo‘ldi. China Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kori Goffga 1000 reyting ochkosi hamda 1 million 100 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati