Jaloliddin Masharipov: «Katanes yonimizda bo‘lmasa-da murabbiy talab qilgan narsani yaxshi bilgan holda harakat qilamiz»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 20:32
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov bugun OAV vakillariga intervyu berdi."Saralashning ushbu bosqichiga qur’a tashlangan paytda, boshqa jamoalarni hurmat qilgan holda shuni aytishim mumkinki, biz aynan ushbu jamoalarga (Eron va BAA) qarshi o‘yinlarni ko‘proq kutdik. Shu kunlar kelmoqda. Yigitlarning barchasi hozir yaxshi kayfiyatda. Futbolchilar avvalgi oydagi yig‘inga nisbatan yaxshiroq formada yetib kelmoqda. Barcha o‘z klublar safida o‘ynashni boshladi. Hamma o‘yinchilar Eron bilan bahsga tayyor deb ayta olaman. BAA bilan o‘yin esa Braziliyaga qarshi bo‘ladi, desak ham bo‘ladi. Ko‘pgina braziliyalik futbolchilar BAA fuqaroligini olgan. Yaxshi o‘yin bo‘ladi. Qo‘ldan kelgancha kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz. Eronni ayni paytda kuchsizlangan deya olmayman. Ular O‘zbekistonni juda ham hurmat qiladi. Biz ularni bunga majbur qildik, deb ayta olaman. Eronga qarshi bahsda chiroyli o‘yin ko‘rsatib, o‘z uyimizda 3 ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Katanesda avval ham sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgandi. Bu birinchi marta emas. Ammo 3 yil davomida birga ishlab kelyapmiz va u bizdan nima xohlashini yaxshi bilamiz. Murabbiy biz bilan birga bo‘lgani yaxshi, ammo u bo‘lmasa ham murabbiy talab qilgan narsani yaxshi bilgan holda harakat qilamiz. Ayni paytda bizga yangi murabbiy shart emas. Men bunga qarshilik qilgan bo‘lardim. Murabbiyning taktikasi evaziga biz kuchli raqiblarni yuta boshladik. Katanes yonimizda bo‘lmasa ham, u hamisha biz bilan aloqada", — dedi Masharipov.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati