Barselona afsonasi Andres Inyesta faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 07-10-2024, 20:03
39 yoshli yarim himoyachi 1996 yildan 2018 yilgacha "Barselona" tizimida to‘p tepgan. Bu davrda u kattalar jamoasi safida barcha turnirlarda 674 ta uchrashuvda qatnashib, 57 ta gol va 136 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Andres shuningdek, Yaponiyaning "Vissel Kobe" safida ham o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi, u yerda ispaniyalik barcha turnirlarda 134 ta o‘yinda qatnashib, 26 ta gol va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Inyestaning so‘nggi klubi BAAning “Emireyts” jamoasi bo‘lgan.
Ispaniya terma jamoasi tarkibida Inyesta ikki marta Yevro va jahon chempioni bo‘ldi.