Neskens vafot etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 19:36
Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Yoxan Neskens vafot etdi.

Niderlandiya qirollik futbol assosiasiyasi matbuot xizmati Neskens 6 oktyabr, yakshanba kuni 73 yoshida vafot etgani haqida xabar berdi. Jazoirdagi WorldCoaches tadbirida qatnashayotganda u o‘zini yomon his qilgan.

Niderlandiya terma jamoasi a’zosi sifatida Neskens 1974 va 1978 yillarda jahon chempionatlarida kumush medal sohibi bo‘ldi va 1976 yilgi Yevropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Neskens, shuningdek, “Ayaks” bilan 3 marta yevrokuboklarni qo‘lga kiritgan va “Barselona” futbolchisi sifatida Ispaniya Kubogi va Kubok egalari kubogida g‘olib chiqqan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati