“Barselona” hujumchisi bugungi bahsga tayyor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 18:28
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski “Las-Palmas”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishga tayyor.

Jurnalist Rojer Torello ma’lumotlariga ko‘ra, polyak tekshiruvdan o‘tgan, natijalari ijobiy bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Levandovski Polsha terma jamoasi safida so‘nggi o‘yinlarda o‘zini biroz noqulay his qilgani haqida xabar berilgandi.

Hujumchi o‘z mamlakatiga Yevropa chempionatiga chiqishda yordam berdi, ammo jarohati bilan o‘ynadi.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi jamoalar o‘rtasidagi bahs bugun tunda start oladi. 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati