Barselona hujumchisi jarohati sabab bir oyga yaqin maydonga tusha olmasligi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 18:19
"Barselona" hujumchisi Ferran Torresning tizzasidan jarohati borligi aniqlandi, deya xabar bermoqda Kataloniya klubi ijtimoiy tarmoqlarda.

24 yoshli futbolchi 6 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan La Liganing 9-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga (3:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Futbolchining tiklanish vaqti e’lon qilinmagan. Biroq, ispan matbuotiga ko‘ra, Torres bir oyga yaqin maydonga tusha olmaydi.

Oktyabr oyida "Barselona" Ispaniya chempionatida "Sevilya" va "Real"ga qarshi o‘ynaydi va Chempionlar ligasida "Bavariya" bilan uchrashadi.

Joriy mavsumda Torres “blaugrana” safida barcha turnirlarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati