De Xea: Jamoaning ishiga e’tibor qaratmoqchiman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 18:13
David De Xea "Fiorentina"ning "Milan" ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

A Seriyaning 7-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Fiorentina” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv davomida De Xea milanliklarning ikkita penaltisini qaytardi.

"Bu g‘alaba juda muhim. Oxirgi bir necha hafta davomida qilgan mehnatimiz nihoyat o‘z samarasini bera boshladi. "Milan" ustidan qozonilgan g‘alaba ajoyib mavsum boshlanishini ko‘rsatishi mumkin.

Bu aql bovar qilmaydigan oqshom edi. Men penaltilarga e’tibor qaratmoqchi emasman, balki butun jamoaning ishqibozlarga shunday o‘yinlar taqdim etishiga qaratmoqchiman", dedi De Xea.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati