Abduqodir Husanovning transfer narxi ikki barobarga o‘sdi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 07-10-2024, 18:03
Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Transfermarkt portali 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining narxini yangiladi. Unga ko‘ra, Abduqodir Husanov 5 million yevroga baholangan. 2024 iyunda yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, uning bahosi 2,5 million edi.
Shu tariqa, Husanov bu borada Eldor Shomurodovga yetib oldi. Portal O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi sifatida Abbosbek Fayzullayevni ko‘rsatgan. Uning narxi 6 million yevroni tashkil etadi.