Real posboni Ukraina terma jamoasiga yordam bera olmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 17:53
Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin virusli infeksiya tufayli Ukraina terma jamoasi safida Millatlar ligasi o‘yinlarida ishtirok etmaydi.

AS nashri xabariga ko‘ra, Lunin Madridda davolanadi va uning mashg‘ulotlarga qaytishining aniq sanasi hozircha noma’lum. Biroq "Real" Tibo Kurtua 19 oktyabr kuni "Selta"ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11 oktyabr kuni Ukraina terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Poznan shahrida Gruziyaga qarshi, 14 oktyabr kuni esa Vroslavda Chexiyaga qarshi bahs olib boradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati