Sapataning jiddiy jarohat olgani tasdiqlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 17:25
Duvan Sapata "Inter"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.

“Torino” hujumchisi A Seriyaning 7-turidan o‘rin olgan o‘yin (2:3) yakunida jarohat oldi. Sapata maydonni o‘zi tark eta olmadi - uni zambilda olib ketishdi.

"Torino" matbuot xizmatining xabar berishicha, Sapataga oldingi xochsimon bog‘lami, shuningdek, medial va lateral meniskning shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Kolumbiyalik futbolchining tiklanish muddati haqida ma’lumot berilmagan.

Joriy mavsumda Sapata “Torino” safida A Seriyada 7 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati