Vulverxempton sardori: Agar muammo Gari O'Nilda desangiz siz yolg‘onchi yoki firibgar bo‘lasiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 17:08
"Vulverxempton" bu mavsumni dahshatli boshladi: yetti turdan keyin klub o‘z hisobiga bor-yo‘g‘i bir ochko yozdirib qo‘ydi va oxirgi o‘rinda bormoqda. "Bo‘rilar" bosh murabbiyi Gari O`Nil jiddiy bosim ostida va mutaxassisning ishdan bo‘shatilishi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. "Vulverxempton" sardori Mario Lemina o‘z murabbiyini himoya qildi va jamoaning o‘yini borasidagi tanqidlarga javob qaytardi.

"Bizning o‘yinimiz, hozir qanday himoyalansak, bizni quyi ligaga tushib ketishiga olib keladi va biz hozir bu haqda halol bo‘lishimiz kerak. Yo‘q, Gari muammo emas. U juda yaxshi ishlayapti. Agar muammo Gari O`Nilda desangiz unda siz yolg‘onchi va firibgarsiz, chunki u bizga oldin bo‘lmagan ko‘p narsalarni berdi, endi esa biz unga bu imkoniyatni qaytarishimiz kerak, chunki hozirda bizda bunday imkoniyat yo‘q. O‘ylaymanki, muxlislar ham uni juda yaxshi ko‘rishadi. Rejaga sodiq bo‘lsak, bizda bor-yo‘g‘i bitta ochko bor, bu juda yomon, ammo ishonchim komilki, xalqaro tanaffusdan so‘ng biz bundan qaytishimiz mumkin, ammo biz o‘zimizga ishonishimiz kerak" - dedi Mario Lemina BBCga bergan intervyusida.

Yana shuni qo‘shimcha qilmoqchimizki, "Vulverxempton" navbatdagi o‘yinini 20 oktyabr kuni o‘z maydonida "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati