Barselona Ferran Torresning jarohati borasida bayonot berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 16:56
"Barselona" vingeri Ferran Torres o‘ng sonidan jarohat oldi. Futbolchining mashg‘ulotlarga qaytish vaqti uning tiklanish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.

Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Torres “Alaves”ga qarshi o‘yinni (3:0) asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa-da, besh daqiqadan so‘ng jarohati tufayli Erik Garsiyaga almashtirildi.

Shu sababli, Ferran Ispaniya terma jamoasining Daniya (12 oktyabr) va Serbiya (15 sentyabr) terma jamoalariga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda Torres barcha turnirlarda 10 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati