Gvardiola: Men yillar davomida erishgan yutuqlarimizni Edersonsiz tasavvur qila olmasligimni ko‘p marta aytganman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 16:48
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 7-turi doirasidagi "Fulxem"ga (3:2) qarshi o‘yindan so‘ng darvozabon Edersonning jamoasi uchun ahamiyatini yuqori baholadi.

"Men yillar davomida erishgan yutuqlarimizni Edersonsiz tasavvur qila olmasligimni ko‘p marta aytganman.

U ikkita ajoyib seyvni amalga oshirdi. U ularni o‘yinning muhim daqiqalarida bajaradi. Yakunda joyib darvozabonlar jamoaga yordam berishadi.

Esimda, u bizni Chempionlar ligasida muhim daqiqalarda qutqarib qoldi va biz g‘alaba qozondik. U bizni qutqarmaganida, biz uzoqqa bora olmadik.

Ederson jamoamizdagi muhim shaxs. Uning borligidan baxtiyormiz va umid qilamanki, u baxtlidir", - dedi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Ederson "Manchesteg Siti"ga 2017 yilda "Benfika"dan ko‘chib o‘tgandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati