Qozog‘istonda karantin nazorati kuchaytirildi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 16:32
Qozog‘istonda yangi xavfli infeksiya – Marburg virusi tarqalishi tufayli epidemiologik vaziyat ustidan nazorat kuchaytirildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qozog‘iston davlat sanitariya bosh vrachi Sarxat Beysenovaga ko‘ra, kasallikning respublikaga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro aeroportlarda, davlat chegarasida sanitariya-karantin nazorati amalga oshirilmoqda, barcha kelgan yo‘lovchilarni kontaktsiz harorat o‘lchash yo‘li bilan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Kasallikning klinik belgilari virus yuqqandan keyin 2-21 kun ichida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, vazirlik qozog‘istonliklarga epidemiya tarqalgan davlatlarga sayohat qilganda quyidagi profilaktik choralarni ko‘rishni tavsiya qildi:

“Marburg — xavfli virus bo‘lib, filoviruslar turiga kiradi. Tabiiy tashuvchilar ko‘rshapalaklar bo‘lib, ular bu kasallikni simptomlarsiz o‘tkazadi, lekin odamlar uchun xavfli. Virus odamga bevosita aloqa orqali yuqadi. Zarar ko‘rgan teri yoki shilliq qavat orqali kasallik yuqtirilishi mumkin. Shuningdek, virus bilan kasallangan odamning to‘shak yoki kiyimi kabi narsalar bilan aloqada bo‘lish orqali ham yuqishi mumkin”, deyiladi xabarda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati