Chelsining zaxiraga olingan futbolchisi diskvalifikasiya qilinadimi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 16:22
"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson "Nottingem Forest"ga qarshi APL doirasidagi o‘yinda (1:1) raqibining yuziga musht tushirgani uchun diskvalifikasiya tahdidiga duch keldi.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Premyer-liga o‘yinining ikkinchi taymida ikki tomon o‘rtasidagi katta to‘qnashuv vaqtida zaxiraga olingan Jekson "Nottingem Forest" himoyachisi Moratoning yuziga musht tushirdi.

Bosh hakam Grem Kavana Mark Kukurelya va Neko Uilyamsga sariq kartochka ko‘rsatib, voqeani hal qildi, Jeksonning qilmishi esa jazosiz qoldi.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, Kavananing hisobotini ko‘rib chiqqandan so‘ng, FA dushanba kuni Jeksonga qarshi ayblov qo‘yish yoki qo‘ymaslik haqida qaror qabul qiladi. Nikolas, sariq kartochkalari ko‘pligi sababli xalqaro tanaffusdan keyin "Liverpul"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan Kukurelya va Uesli Fofana kabi diskvalifikasiya qilinishi mumkin.

Biroq, hozirda bunday natija bo‘lishi dargumon. Taxminlarga ko‘ra, VAR Jeksonning harakatini ko‘rgan va aralashmaslikka qaror qilgan.

 


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati