Ten Xag o‘rniga Xavi kelishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 16:06
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi yaqin kelajakda murabbiylikka qaytishi mumkin. Transfer News Live nashrining El Nacional nashriga tayanib xabar berishicha, "Manchester Yunayted" Xavini jamoaning yangi tuzilmasi uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda.

"Manchester Yunayted" yaqin orada Erik Ten Xagni iste’foga chiqarishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, klub rahbarlari seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda niderlandiyalik mutaxassisning kelajagi borasida bir qarorga kelishadi.

"Manchester Yunayted" ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. O‘tgan yetti turda "qizil iblislar" bor-yo‘g‘i 8 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati