Oston O‘runovning Eron va BAAga qarshi o‘yinlarda ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 15:12
Ijtimoiy tarmoqlarda Oston O‘runov jarohat sabab O‘zbekiston milliy jamoasining 2 o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi media departamenti rahbari Davron Fayziyevning xabar qilishicha, futbolchining ishtiroki haqida aniq ma’lumot mavjud emas.

“O‘runov bo‘yicha aniq bir nima deyolmaymiz. Uning bo‘lajak bahslarda ishtirok etish-etmasligi noma’lum, biroq uni maydonga tushish ehtimoli ham yo‘q emas”, deydi Fayziyev.

Oston O‘runov “Persepolis”ning “Chadormalu” jamoasiga qarshi uchrashuvning asosiy tarkibidan joy olgan edi. Ammo o‘yinoldi mashg‘ulotlarda jarohat olgan o‘zbekistonlik hujumchi o‘z o‘rnini boshqa futbolchiga bo‘shatib bergan. Eron jurnalistlari uning 3-4 haftaga safdan chiqqanini ma’lum qilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati