Pep: Premyer-ligada ketma-ket 4 marta g‘alaba qozongan darvozabonning narxi baland bo‘ladi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 07-10-2024, 15:02
O‘tgan yozda darvozabon "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin edi. Xususan, Edersonning transferi bo‘yicha muzokaralarni "An-Nasr" olib bordi.
"U jamoamizning muhim figurasi. Biz uni tarkibda borligidan baxtiyormiz va umid qilamanki, u ham baxtlidir. Eddi haqiqatan ham bizni yaxshi biladi va nima qilishimiz kerakligini biladi. U birinchi kundanoq uning ketishini istamasligimni bilardi.
Aslida, hech qanday haqiqiy takliflar yo‘q edi. Ular taklif qilishadi, lekin APLda ketma-ket 4 marta g‘alaba qozongan darvozabonning qandaydir qimmati bor va narxi ham bor. Aks holda, u keta olmaydi. Agar chindan ham shunday taklif tushganida, balki u jamoada bo‘lmagan bo‘lardi.
Ederson juda kuchli, biroq u ketish haqidagi fikrini o‘zgartirganda, u bir soniya ichida bu yerda ekanligini va qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini aytdi", — dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.