Qarateren ko‘liga va Uchqizil suv omboriga okeanik qafaslar o‘rnatilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 15:01
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qarateren ko‘ligi 20 dona hamda Surxondaryo viloyatidagi Uchqizil suv omboriga 4 dona 20 metrlik okeanik qafaslar o‘rnatilmoqda.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekbaliqsanoat”uyushmasi axborot xizmati rahbari Zilola Ro‘ziyeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Sharq balig‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 2 mln. dollar bo‘lgan intensiv usulda sovuq suv baliqlarini yetishtirish loyihasi ishga tushirildi.

Shuningdek, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan “Ayisha AR” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan intensiv usulda sovuq suv baliqlarini yetishtirish maqsadida yillik ishlab chiqarish quvvati 480 tonna bo‘lgan 32 dona intensiv basseynlar barpo etilgan.

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida joylashgan “Chegara” tabiiy suv havzasiga esa hozirda “Baqra Aquatech” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan diametri 22 metr bo‘lgan 34 dona okeanik qafas moslamalari o‘rnatilib, karp baliqlari yetishtirilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati