Fonseka: Bu futbol, sirk emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 14:23
"Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka A Seriyaning 7-turi doirasidagi "Fiorentina"dan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng Italiyadagi hakamlikni tanqid qildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda hakam uchta penalti belgilagan edi.

"Men hakamlik haqida gapirishni yoqtirmayman, lekin bu futbol emas. Futbol kontakt sportidir va penalti belgilash uchun bir tegishning o‘zi yetarli emas. Oddiy teginishning o‘zi kifoya, buni shu hafta oxiri ham ko‘rdik. Va keyin hammamiz asabiylasha boshlaymiz va bu muammoga aylanadi. Bu futbol, sirk emas. Men shunchaki bizga qarshi belgilangan penaltilar haqida emas, balki bizning foydamizga belgilangan penaltilar haqida ham gapiryapman. A Seriyada nechta penalti belgilanarkin, ko‘ramiz?" — dedi Fonsesa Milan News bilan suhbatda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati