Namanganda salonida 5 nafar o‘quvchi bo‘lgan Gentra ayanchli YTHga uchradi — qurbon bor

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 14:16
"Namangan MTRK"da berilgan lavhada aytilishicha, hodisa joriy yilning 2 oktyabr kuni Namangan shahri Marg‘ilon ko‘chasida sodir bo‘lgan.

5 nafar maktab va texnikum o‘quvchilari tomonidan Gentra avtomobili ijaraga olingan. Voyaga yetmagan yigit mashinani katta tezlikda boshqarib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki tomonlama yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqdan oshib qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Zil rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTHdan so‘ng ular zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq haydovchi yo‘ldayoq vafot etgan.

Jabrlanuvchilarning qolgan 4 nafari (3 nafari 17 yosh, bir nafari esa 15 yosh) ham og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati