Kunde Flik tomonidan jazolandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 13:04
"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde La Liga doirasidagi "Alaves" bilan o‘yinda (3:0) zaxirada qoldirildi. Uning o‘rniga Ektor Fort maydonga tushirildi.

Jurnalist Toni Xuanmarti xabariga ko‘ra, Kundening o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi – hechqanday rotasiya sababli emas, bu jazo edi. Sababi u o‘yin oldidan jamoaviy yig‘ilishga kech qoldi.

Flik o‘z futbolchilarini punktuallik juda muhimligi haqida allaqachon ogohlantirgan. Shu kungacha hech bir futbolchi bu qoidani buzmagan edi. Shu sababli, murabbiy ichki tartib-intizom muhimligini ta’kidlab, futbolchini jazolashga qaror qildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati