Qozog‘iston futbol federasiyasi O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 12:28
Qozog‘iston futbol federasiyasi matbuot xizmati futzal bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.

“Unutilmas jahon chempionatini tashkil etgan O‘zbekistondan juda minnatdormiz.

FIFA tomonidan Markaziy Osiyoda tashkil etilgan ilk rasmiy musobaqalar Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkazildi. Barchamiz tarixiy voqeaning guvohi bo‘ldik.

Qardosh yurtimizning iliq ko‘magi qalblarimizda abadiy qoladi! Katta rahmat!”, deb yozdi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Andijonda guruh o‘yinlarini o‘tkazgan Qozog‘iston jamoasini mahalliy futbol muxlislari ham qo‘llab-quvvatladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati