Eron 6-oktabr oqshomida parvozlarni vaqtincha bekor qilganidan keyin havo qatnovini tikladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 12:11
Bu haqda Eron davlat televideniyasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Eron fuqaro aviasiyasi boshqarmasi «tegishli xavfsizlik sharoitlari ta’minlanganidan» so‘ng avval kiritilgan barcha parvoz cheklovlarini bekor qilgan.

Tehrondagi Imom Xomayniy nomidagi xalqaro aeroport yana normal faoliyatini boshladi.

«Hozirda ichki va xalqaro reyslarda hech qanday cheklovlar yo‘q», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi «operativ cheklovlar» tufayli 7-oktabr kuni soat 21:00 dan ertalabki 06:00 ga qadar barcha reyslar vaqtincha bekor qilinishini e’lon qilgan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati