“Majic city”ga kiraverishdagi butka yonib ketdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 07-10-2024, 11:08
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:49 da batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv ekipajlari odamlar ommaviy tashrif buyuradigan maskanlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar hamda yong‘inlarning oldini olish, sodir bo‘lganda tez va qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida, bunday maskanlarda navbatchilik olib boradi.
Shu sababdan “Magic city” kirish darvozasi oldidagi butkada sodir bo‘lgan yong‘inga o‘sha yerda navbatchilik olib borayotgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari qisqa muddatda yetib borgan, — deyiladi xabarda.