Samarqandda yuk mashinasi va “Jiguli” ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 11:07
Shu yilning 4 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida taqiqlagan joydan qayrilgan “GAZ53” yuk mashinasi “Jiguli” bilan to‘qnashdi.

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat shu yilning 4 oktyabr kuni tungi soat 23:20 atrofida tumanning “Iskandariy” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R46 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. “GAZ53” haydovchisi qayrilib olish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olayotganda to‘g‘ridan kelayotgan “VAZ2103” rusumli avtotransport vositachi kelib urulishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

YTH oqibatda “Jiguli” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati