Isroil prezidenti Livan va Eron xalqlarini isyon ko‘tarishga chaqirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 10:35
Isroil prezidenti Isxak Gersog Livan va Eron fuqarolariga murojaat qilib, ularni Tehron boshchiligidagi Isroilga qarshi koalisiyaga qarshi chiqishga va isyon ko‘tarishga chaqirdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Agar biz kuchlarimizni birlashtirib qat’iyat bilan harakat qilsak, yanada yaxshiroq kelajak uchun imkoniyatga ega bo‘lamiz. Biz radikalizmning tarqalishini to‘xtatadigan NATOga o‘xshash mintaqaviy tuzilmani yaratishimiz mumkin, dedi Gersog Saudiyaning Al Arabiya telekanali efirida.

U o‘tgan hafta sodir bo‘lgan Eronning raketa hujumiga Isroil qanday javob berishi mumkinligi haqida ma’lumot bermadi. Gersog “biz bu borada barcha variantlarni ko‘rib chiqamiz” deb ta’kidladi. U kurashish orqali Isroil davlati Yaqin Sharq xalqlariga “umid berayotgani”ni aytdi.

Bu urush bizga qarshi Eron va uning ittifoqchilari tomonidan olib borilmoqda. G‘azo yerosti zindonlarida hanuzgacha og‘ir azob-uqubatlarni boshidan kechirayotgan 101 nafar garovga olinganlar saqlanmoqda. Biz ham shimolda, ham janubda — G‘azo va Livanda urushyapmiz. Voqealar rivojini o‘zgartirish va mintaqa xalqlariga umid bag‘ishlashga intilyapmiz, dedi u.

Gersog buni Yaqin Sharq uchun yaxshiroq kelajakka intilayotgan mamlakatlarga mojaroni hal qilishga doir yangi g‘oyalar va rejalarni taklif etish uchun “oltin imkoniyat” deb atadi.

Shuningdek, u Isroil xalqaro huquqqa rioya qilishini ta’kidlab, qo‘shni davlatlarga g‘amxo‘rlik bildirayotganini aytdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati