Pokistonda Xitoy karvoni portlatib yuborildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 09:40
Mas’uliyatni Balujiston ozodlik armiyasi o‘z zimmasiga oldi.

Pokistonda, Karachi aeroporti yaqinida, yakshanba kuni kechqurun Pokistonda elektr stansiyalarini quruvchi Xitoy kompaniyasi avtomobillari karvoni portlatib yuborildi. Kamida ikki Xitoy fuqarosi halok bo‘lgan.

Xitoyning Pokistondagi elchixonasi ikki xitoylik fuqaro halok bo‘lgani va yana bir kishi jarohatlangani haqida ma’lum qildi. Pokiston polisiyasining matbuotga bildirishicha, o‘n nafar yarador shifoxonaga olib ketilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Bu harakat uchun mas’uliyatni Balujiston viloyatini Pokistondan ajratish tarafdori bo‘lmish «Balujiston ozodlik armiyasi» bo‘lginchi isyonchi guruhi o‘z zimmasiga oldi. U bir necha yillardan buyon mamlakatning turli ob’ektlarida xitoylik ishchilarga hujum uyushtirib keladi va balujlar minerallarga boy provinsiyadagi Xitoy loyihalari foydasidan adolatli ulush olmayapti, deb da’vo qilib keladi.

Balujlar - Pokiston, Eron va Afg‘oniston chegaralari bilan bo‘lingan xalq. Pokistonning Balujiston viloyatida ular aholining uchdan bir qismidan sal ko‘proqni tashkil qiladi.

Xitoy elchixonasi bayonotida aytilishicha, karvonda sayohat qilayotgan fuqarolar Karachi yaqinidagi Port Qosimda (Muhammed bin Qosim porti) ikkita ko‘mir yoqilg‘i stansiyasini qurayotgan Port Qasim Power Generation Co Ltd kompaniyasida ishlaydi.
Bu port Pokistonning eng yirik shahri Karachi metropolisi kabi Balujistonda emas, qo‘shni Sind viloyatida joylashgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati