Fransiya terma jamoasi Upamekanosiz qoladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 09:33
«Bavariya» markaziy himoyachisi Dayo Upamekano Fransiya terma jamoasining oktyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.

25 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Bundesliga doirasidagi Frankfurtning «Ayntraxt» klubiga qarshi o‘yinda (3:3) gol urdi, ammo jarohati sabab uchrashuvni yakunlay olmadi. "L`Equipe" nashri xabariga ko‘ra, Upamekanoning tizzasida muammo bor va u allaqachon jarohatning og‘irligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Sinov natijalari futbolchining oktyabr oyidagi Millatlar ligasi o‘yinlari uchun Fransiya terma jamoasiga bora olmasligini ko‘rsatadi.

Fransiya terma jamoasi Isroil va Belgiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar mos ravishda 10 va 14 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati