Eron bilan turizm sohasida hamkorlik kengaytiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 09:24
Turizm qo‘mitasida Eron Madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri o‘rinbosari Maryam Jaloli Dehkordi bilan muzokaralar chog‘ida sohada ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Eron tomoniga oxirgi yillarda mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari yetkazildi. Davlatlar o‘rtasida turli, jumladan, ziyorat, hunarmandchilik, ta’lim yo‘nalishlari, orqali turistik oqimlarini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor berildi.

Mamlakatlarda o‘tkaziladigan turizm tadbirlarida ishtirok etish, press va infoturlar turlar tashkil qilish, turizm sohasida kadrlar masalasini oshirish va qator masalalarda atroflicha fikr almashildi. Barcha yo‘nalishlar va jihatlarni o‘zida qamragan turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumini birgalikda ishlab chiqish borasida kelishildi, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati