Ronaldu An-Nasrning g‘alabasi va o‘zining tarixiy natijasiga munosabat bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 09:15
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”ning Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 6-turida “Al-Oroba” bilan o‘yindagi g‘alabasiga (3:0) hamda tarixiy muvaffaqiyatiga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yindagi goli evaziga Krishtianu butun faoliyati davomida 600 ta turli uchrashuvda eng yuqori saviyada gol urgan futbol tarixidagi birinchi futbolchiga aylandi.

"Biz to‘xtamaymiz. Birgalikda!" - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasida.

"An-Nasr" olti o‘yindan so‘ng Saudiya chempionati turnir jadvalida 14 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. “Al-Oroba” xuddi shunday o‘yinlardan so‘ng 7 ochko jamg‘arib, 12-o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati