«Brayton» ustozi «Tottenxem» ustidan qozonilgan superkambek haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 09:11
Angliya chempionatining 7-turi doirasidagi o‘yinda «Brayton» «Tottenxem»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. "Chaykalar" dastlab 0:2 hisobida ortda qolayotgan edi.

Jamoa bosh murabbiyi Fabian Xyurseler g‘alaba haqida gapirdi.

«Biz, albatta, birinchi bo‘limda ikki marta gol o‘tkazib yuborishni rejalashtirmagandik. Shu bilan birga, maydonda bor kuchimizni berdik, biz o‘ynadik va bir joyda to‘xtab turmadik. Tanaffusda yana ham kuch bilan maydonga qaytishni so‘radim. Futbolchilar uchrashuvni saqlab qolishdi va g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Birinchi bo‘limdan to‘g‘ri xulosa chiqarish har doim juda muhim, garchi u unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmasa ham», - deya Xyurseler so‘zlarini keltiradi "BBC Sport".








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati