Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 07-10-2024, 09:03
Ma’lum bo‘lishicha, viloyatning Toyloq tumanidagi «Chorog‘bon» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro tijorat maqsadida 55 ta to‘plamdagi mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 5 mlrd 528 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi, deyiladi xabarda.