Liverpul yana uch yulduzi bilan yangi shartnomalarni muhokama qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 08:57
"Liverpul" haligacha Muhammad Saloh, Virjil van Deyk va Trent Aleksandr-Arnold bilan yangi shartnomalar tuzishdan yiroqda.

Uchalasining ham amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida tugaydi. Klub ularning har biri bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor, biroq hozircha shartlarni kelishib olinmagan. Jurnalist Pol Joysning so‘zlariga ko‘ra, "Liverpul" rahbariyati yaqinda Saloh, van Deyk va Trent vakillari bilan bog‘langan, biroq muhokamalarda hech qanday muvaffaqiyatga erishilmagan, vaziyat o‘zgarishsiz qolmoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, misrlik forvard va niderlandiyalik markaziy himoyachiga Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi da’vogarlik qilmoqda, ingliz o‘ng qanot himoyachisiga esa "Real Madrid" qiziqmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati