Militaoda yangi jarohat bor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-10-2024, 08:37
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Eder Militao jarohatidan aziyat chekishda davom etmoqda.

Yaqinda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Braziliyaga jo‘nab ketdi - uning chap son qismidan jarohat borligi aniqlandi, deb xabar beradi jurnalist Mario Kortexana. Shu tariqa, "Los-Blankos" markaziy himoyachisi Braziliya terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘iniga borishi dargumon. U "Real Madrid" qarorgohida tiklanishi kutilmoqda.

Eder Militao joriy mavsumda Karlo Anchelotti jamoasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bir martadan gol urgan va bir martadan golli uzatma bergan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati