Fransiya MTJ futbolchilari noodatiy holatga tushib qolishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-03-2024, 17:30
Fransiya MTJ futbolchilari o‘yindan so‘ng gazli modda qabul qilishdi.

Didye Desham shogirdlari Chili terma jamoasini o‘rtoqlik uchrashuvida 3:2 hisobida mag‘lub etishdi.

Jurnalist Roman Molinaning yozishicha, ushbu o‘yindan so‘ng Fransiya jamoasi joylashgan mehmonxona mehmonlari polisiyani chaqirishga majbur bo‘lgan.

Taxminan soat 6:00 atrofida polisiya shovqin shikoyatlari tufayli Sofitel mehmonxonasiga yetib keldi.

Ta’kidlanishicha, Fransiya terma jamoasining uch nafar futbolchisi alkogolli ichimliklar va azot oksidi (gaz) iste’mol qilgan. Ular o‘zlarini qo‘pol, tajovuzkor tutdilar va musiqani o‘chirishdan bosh tortdilar.

Azot oksidini psixofaol modda sifatida sotish Fransiyada 2021-yilning 1-iyunidan boshlab taqiqlangan, chunki undan foydalanish ko‘ngil aynishi, bo‘g‘ilish va jiddiy nevrologik va yurak muammolariga olib kelishi mumkin.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati